Balans va to'lov
Birinchi oy bepul. Keyin har bir yuklangan kod uchun 9 so'm olinadi, oldindan to'lov bilan: avval balans to'ldiriladi, keyin partiya narxi balansdan yechiladi.
Partiya qachon yopiladi
- CSV yuklanganda partiya narxi hisoblanadi: kodlar soni × 9 so'm − chegirma.
- Balans yetarli bo'lsa, summa yechiladi va partiya darhol ochiq.
- Yetarli bo'lmasa, partiya To'lov kutilmoqda holatida qoladi: kodlar va PDF yopiq. Telegram ulangan bo'lsa, bot qancha to'ldirish kerakligini yozadi.
Balansni to'ldirish
- Balans sahifasini oching.
- Ko'rsatilgan summani karta raqamiga o'tkazing.
- To'ladim tugmasini bosing va summani yozing.
- To'lov tekshirilgach, balans to'ldiriladi va yopiq partiyalar avtomatik ochiladi (avval eskisi).
Balans tarixida har bir to'lov va har bir partiya uchun yechilgan summa ko'rinadi.