Markor

Qo'llanma

Markor bilan ishlash bo'yicha qadam-baqadam yo'riqnomalar.

CSV import

Bu sahifada yuklangan fayllar ro'yxati ko'rsatiladi. Har bir yuklash bitta partiya bo'ladi va fayl nomi bilan ataladi.

Ro'yxat ustunlari

  1. Partiya: fayl nomi.
  2. Mahsulotlar: GTIN bo'yicha topilgan mahsulot nomi, uning ostida GTIN. Milliy klassifikatorda bunday mahsulot bo'lmasa, "Klassifikatorda topilmadi" yoziladi.
  3. Kodlar soni.
  4. To'lov summasi.
  5. Holat.
  6. Sana.

Holatlar

Holat avtomatik o'zgaradi:

  1. Navbatda
  2. Bazaga yuklanmoqda
  3. Mahsulot tekshirilmoqda
  4. Tayyor

Muammo bo'lsa, holat Xatolik bo'ladi. Ro'yxat o'zi yangilanadi, sahifani qayta yuklash shart emas.

O'tkazib yuborilgan qatorlar

  1. Ba'zi qatorlar yuklanmasa, qizil havola chiqadi: "N ta o'tkazib yuborildi".
  2. Sababini ko'rish uchun havolani bosing.
  3. Sabablar: noto'g'ri qator yoki kod tizimda allaqachon bor. Har bir kodni faqat bir marta yuklash mumkin.

To'lov

Yuqoridagi panelda shu oydagi kodlar soni × narx (har bir yuklangan kod uchun 9 so'm), chegirma va to'lov summasi ko'rsatiladi.

Hozircha chegirma 100%, ya'ni xizmat bepul.

Yorliq yaratish

  1. Partiya holati Tayyor bo'lishini kuting.
  2. PDF yaratish tugmasini bosing.

Klassifikatorda topilmagan mahsulot

Ba'zan GTIN milliy klassifikatorda (tasnif.soliq.uz) bo'lmaydi. Unda partiya qatorida ⚠ belgisi va "Klassifikatorda topilmadi" yozuvi chiqadi.

  1. Nomini kiriting havolasini bosing.
  2. Kamida mahsulot nomini yozing (o'zbekcha yoki ruscha) va saqlang.
  3. Partiyada bir nechta shunday mahsulot bo'lsa, keyingisi avtomatik ochiladi.

PDF ni nom kiritmasdan ham yaratish mumkin, lekin etiketkada nom bo'lmaydi. Telegram ulangan bo'lsa, bot ham shu haqda xabar beradi.